
Dasturchi · Toshkent / Qohira
Muhammad Mirqobilov
Pasportda: Muhammad Mirkabilov · GitHub: MuhammadMirrr
Oʻzbek tili uchun dasturlar yarataman. Eng katta loyiham — sunʼiy intellekt yordamida arab tilini oʻrgatuvchi Toshqondiy ilovasi. Shuningdek, oflayn ovozli yozuv, lugʻat, valyuta kurslari va lotin–kirill konverter ilovalarini, mirqobilov.com hosting platformasini va aidarsi.com taʼlim blogini yaratganman.
Qisqacha
Toshkentda tugʻilganman, hozir Qohiradagi Al-Azhar universiteti talabasiman. Haad LC kiberxavfsizlik dasturini tugatganman. Toshqondiy akademiyasida onlayn taʼlim boʻlimini boshqaraman.
Ishlarimning umumiy gʻoyasi — oʻzbek tili uchun sifatli, qurilmada (internetsiz) ishlaydigan va foydalanuvchi maʼlumotini sotmaydigan dasturlar. Swift, C++, Flutter, Next.js va Python bilan ishlayman; ovozni matnga oʻgirish (speech-to-text) modellarini kundalik ilovalarga joylash bilan shugʻullanaman.
Familiya haqida: asl oʻzbekcha yozuvi Mirqobilov, rasmiy hujjatlarda esa sovet davridan qolgan Mirkabilov shakli. Ikkalasi ham men — App Store va hujjatlarda Mirkabilov, qolgan joylarda Mirqobilov.
Loyihalar
Toshqondiy
iOS · AndroidEng katta loyiham: sunʼiy intellekt yordamida arab tilini oʻzbek tilida oʻrgatuvchi ilova. Arabcha insho va ovozli mashqlarni AI tahlil qiladi, lugʻat, video darslar, mumtoz arab kutubxonasi. Beta sinovda.
Kotib
macOS · WindowsOʻzbekcha ovozli yozuv — istalgan ilovada tugma bosib gapirasiz, matn yoziladi. macOS va Windows. Butunlay oflayn, bepul, reklamasiz.
Lugʻatchi
iOSOflayn oʻzbekcha–inglizcha–ruscha lugʻat. Lotin va kirill, xatoga chidamli qidiruv.
Valyutachi
iOS · AndroidOʻzbekiston Markaziy banki valyuta kurslari, oflayn.
Yozu
iOSOʻzbek lotin–kirill matn konverteri, real vaqtda.
mirqobilov.com
WebOʻzbek tilidagi statik sayt hostingi — ZIP yuklaysiz, 30 sekundda jonli sayt. UzCard/Humo toʻlov, Telegram'da yordam.
AI Darsi
Blog · 7 tilArab tilida sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik boʻyicha taʼlim blogi (aidarsi.com).
Aloqa
mirqobilov.com haqida
Bu sayt — Oʻzbekiston dasturchilari va kichik biznesi uchun statik sayt hostingi. HTML/CSS/JS fayllaringizni ZIP qilib yuklaysiz, biz uni jonli URL'ga aylantiramiz: avtomatik HTTPS, Cloudflare CDN, UzCard/Humo toʻlov, oʻzbekcha hujjat va Telegram'da yordam. Xizmat samozanyaty № 0013236613 asosida koʻrsatiladi.