HujjatlarCustom domain (Pro+)
Barcha hujjatlar

Custom domain (Pro+)

Custom domain nima?

Custom domain — bu sizning o'z domeningiz. Masalan, ali.uz, kompaniyam.com yoki onlineshop.uz. Bu domenni siz o'zingiz registratordan sotib olasiz (uzdomains.uz, godaddy, namecheap va h.k.) — biz domen sotmaymiz.

Sizning saytingiz Free tarifda <nom>.mirqobilov.commanzilida bo'ladi (bizning subdomain). Protarifda esa siz o'zingizning domeningizni saytga bog'lab, sayt sizning brendingiz ostida ochiladi. Pro'da 1 ta, Business'da 3 ta o'z domeningizni ulash mumkin.

Tavsiya: Cloudflare orqali

  1. Domeningizni Cloudflare'ga olib keling (bepul tier mumkin)
  2. DNS > Records → CNAME qo'shing:
    • Name: @ (yoki www)
    • Target: <subdomain>.mirqobilov.com
    • Proxy status: Proxied (orange cloud)
  3. Dashboard'da saytnitanlang → “Custom domain” → domeningizni kiriting
  4. “Tekshirish” tugmasi bosing — Cloudflare IP'lari ko'rinsa OK

SSL/HTTPS

Cloudflare proxy yoqilganda — Cloudflare'ning Universal SSL avtomatik ishlaydi. Foydalanuvchi https://example.com'ga kelganda Cloudflare TLS terminate qiladi.

Direct A-record (Cloudflare-siz)

Agar Cloudflare ishlatmasangiz, A record:

A    @    62.238.0.83

Hozirgi cheklov:bu yo'lda TLS hozircha to'liq ishlamaydi (Let's Encrypt integratsiyasi yo'ldda — Phase 4). Hozircha Cloudflare proxy yo'li tavsiya etiladi.

Domain holatini ko'rish

Sayt detallarida custom domain status ko'rinadi. DNS yangilanishi odatda 1-10 daqiqa oladi.

Olib tashlash

“Olib tashlash” tugmasi orqali — DNS yozuvi sizda qoladi (uni o'zingiz o'chiring), Caddy fragmentini biz olib tashlaymiz.