1. Ro'yxatdan o'tish
mirqobilov.com'ga kiring va “Google bilan davom etish” tugmasini bosing. Hisobingiz avtomatik yaratiladi — parol kerakmas.
2. Birinchi sayt yaratish
Login qilingach /dashboard'ga avtomatik o'tasiz. “Yangi sayt” tugmasini bosing va quyidagilarni kiriting:
- Nom— sizning ichki uchun belgilash (masalan, “Ali Portfolio”)
- Subdomain— sayt manzili. Faqat a-z, 0-9, “-”. Masalan,
ali-portfolio→ali-portfolio.mirqobilov.com
3. ZIP yuklash
Saytingiz fayllarini bitta ZIP arxivga to'plang. Maksimum 200 MB. ZIP ichida index.htmlfaylingiz bo'lishi kerak (yoki biz sizning yagona HTML faylingizni avtomatik index.html deb nomlaymiz).
Drag-drop yoki “fayl tanlash” tugmasi orqali yuklang. ~10 soniyada sayt jonli bo'ladi.
4. Saytingiz tayyor!
Brauzeringizda https://<subdomain>.mirqobilov.com'ni oching. Yangi versiya yuklash uchun:
- /dashboard/sites'da saytingizni tanlang
- “Yangi ZIP yuklash” tugmasi bilan qayta deploy